Turkistonlik ulug' alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining o ʻ g ʻ li Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi.astronomiyamatematika geodeziyageografiyamineralogiya
Beruniyning boy ilmiy merosi hali to ʻ la o ʻ rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta ʼ limotlari bo ʻ yicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi.EvklidPtolemeyning995-yilgacha Olimning ana shunday asarlaridan biri “Geodeziya” 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar “shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash”ga doirdir.
Fors tilida yozilgan „ Kitob al-Tafhim “ da Beruniy tomonidan keltirilgan Oyning turli xil fazalari Oyning
Bag ʻ dodda tashkil topgan „ Donishmandlik uyi “ nomli o ʻ sha davrning fanlar akademiyasida O ‘ rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg ʻ oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu „ Donishmandlik uyi “ ning a ʼ zosi bo ʻ lib, u yerda 7 yil ishlagan.
Abu Rayhon Beruniy Yerning kattaligini o ʻ lchashda yangi usul qo ʻ llab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radiusini o ʻ sha davr uchun aniq o ʻ lchab bergan. U Yerning meridian aylanasining uzunligini kilometr ekanligini hisoblab chiqargan.
Beruniy o ʻ lchab topgan qiymatlar bo ʻ yicha o ʻ ziga xos usul bilan Yer kurrasi radiusining uzunligi ,036 gazga teng ekanligini hisoblab chiqardi. Agar bir gaz 0,4933 metr ekanligini e ʼ tiborga olsak, Yer kurrasi radiusi uzunligi, Beruniy hisobicha, 6315,886 kilometr bo ʻ ladi. Bu raqam hozirgi vaqtda olingan qiymatdan juda kam farq qiladi, ya ʼ ni xatolik radius uzunligining 0,9 foizini tashkil etadi. So ʻ ngra Beruniy shu kenglikdagi bir gradus meridian yoyning uzunligi ,329 gaz yoki 110,277 kilometr ekanini hisoblab chiqadi.
Beruniyning Arximed teoremasiga doir fikrlari
Bu raqamni hozirgi davrda aniqlangan bir gradus yoyning qiymati 110,885 kilometr bilan taqqoslasak, bundan ming yil ilgari Beruniy bir gradus yoy uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi ma ʼ lum bo ʻ ladi. Beruniy bunday deydi: “Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, ya ʼ ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko ʻ paytir, hosil bo ʻ lgan ko ʻ paytmani 7 ga bo ʻ l, shunda sen o ʻ lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi”.
Beruniy aytgan amallarni bajarganda l=2pR ni aylana uzunligini hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14… ni ifodalaydi. Shunday qilib, Beruniy shaxsan o ʻ zi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan, G‘aznaning kengligi , Kandaniki , Dumpurniki Uning hisoblashiga ko ʻ ra, Buxoro shahrining kengligi deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat ga farq qiladi.
Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o ʻ rganish, uni o ʻ quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi. Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o ʻ rta asrlarning buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi o ʻ sha davrning deyarli barcha fanlariga qo ʻ shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo ʻ ladi. Beruniyning olimlilik salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I. Krachkovskiy „uning qiziqqan ilm sohalaridan ko ʻ ra qiziqmagan sohalarini sanab o ʻ tish osondir“ deb baho bergan edi.
Beruniyning 1017—1048 yillarda G ʻ aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo ʻ lishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun mahsuldor davr bo ʻ ldi. U Mahmud G ʻ aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta e ʼ tibor berdi. Yerning aylana uzunligini o ʻ lchash
Abu Rayxon Beruniy 1048 yili G ʻ aznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qo ʻ sha oldi. Beruniyning betakror ijodi uning vatani O ʻ zbekistonda alohida e ʼ tibor qozongan.
E’tiboringiz uchun raxmat!