Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
Published byShanon Porter Modified over 8 years ago
1
Amerika mustaqillik uchun kurash Reja: 1.Mustaqillik urushining sabablari 2.Mustaqillik urushining boshlanishi 3.Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik deklarasiyasi". 4.Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari. 5.Qulchilik, unga qarshi kurash va abolitsion harakat
2
Mustaqillik urushining sabablari XV11I asrning so`nggi choragida ko`pchilik mustamlakalar Angliya qirolining boshqaruvi ostida edi. Konnektikut va Rod Aylend mustamlakalari qirol tomonidan tasdiqlanuvchi saylangan gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi. Pensilvaniya, Delaver va Merilend alohida kishilarga tegishli edi. Barcha mustamlakalarda maslahat organiga ega bo`lgan saylangan vakillarning palatalari mavjud edi. Mustamlakalarda din katta rol o`ynar edi. Amerikada ko`plab diniy sektalar mavjud bo`lib, ularning ichida puritanlik cherkovi ustun mavqeiga ega edi. www.arxiv.uz
3
Inqilob arafasida mustamlakalarda 8 la kollej (oliy maktablar) mavjud bo`lib, ularning asosiy maqsadi puhoniylarni tayyorlash edi. XVIII asrning oxirlarida dunyoviy bilimga ega bo`lgan malumotli kishilar Amerikada ko`pchitikni tashkil qila boshladi. Shunday kishilardan biri Benjamin Franklin (1706-1790) edi. Franklin Amerika jamiyatining hayotida katta tashabbuskorlik faoliyatini ko`rsatdi. u tipografiya, jamoat kutubxonasi, kasalxona va akademiyaga asos soldi. Mustamlakalarning ajralib chiqishi uchun kurashining muhim sabablaridan biri mustamlakalar va metropoliya o`rtasidagi savdo va sanoat sohasidagi raqobat edi. Mustamlakalarda XVIII asr boshidanoq sanoat tez taraqqiy topdi. Mustamlakachi dehqonlar bir vaqtning o`zida temirchi-chilangar va to`quvchi edilar. Shishasozlik, charmgarlik, kemasozlik, temirchilik kabi yirik manufakturalar XVIII asr o`rtalaridan boshlab keng taraqqiy etdi. XVIII asr ingliz hukumatining hujjatlarida mustamlakalarda manufakturalar qurishni taqiqlovchi ko`plab hujjatlarni topish mumkin. Mustamlakalarda savdo cheklab qo`yildi yoki umuman taqiqlandi. Navigasion aktlar mustamlakalarni Angliyadan tashqari har qanday davlat bilan savdo va sanoatini bo`g`ib qo`yishga qaratilgan edi. Metropoliyaning g`arbiy hududlarga aholining ko`chib kelishmi taqiqlash siyosati janubiy quldor plantatorlarning manfaatiga jiddiy salbiv ta`sir ko`rsatdi. Chunki virtqich plantatsion xo`jalikka yangi-yangi unumdor hududlar zarur edi. 1763 yilgi aktdan keyin Birginiya aholosi Amerika mustamlakalaridagi xalqlarni ingliz qiroli o`zining fuqarolari deb sanashga haqli emasligi to`g`risidagi shiorlar bilan chiqdi. www.arxiv.uz
4
Mustaqillik urushining boshlanishi 1775 yil 19 aprelida ingliz generafi Geyj Konkorddagi zambaraklar, porox, musbket o`qlari va un zahiralarini egallash maqsadida Bostondan 1700 kishidan iborat harbiy korpusni jo`natdi. Boshqa mustamlakalardan kelgan aholi Boston shahrida lager lashkil qilib, uni "Ozodlik lageri" deb atadilar. Tezda Bostinda amerikaliklarning 20 ming kishilik qo`shini tashkil topdi. 1775 yil 17 iyunda Boston yaqinida mustamlakalarning qo`shini Angliyaning Bostondagi harbiy garnizonini mag`lubiyatga uchratdi. Shundan so`ng boshqa rayonlarda ham harbiy harakatlar boshlanib ketdi. www.arxiv.uz
5
1775 yil may oyida Filadelfiyada kongress chaqirildi va u ikkinchi kontinental kongress deb nom oldi. 15 iyunda Yangi Angliya dcputatlarining taklifi bilan kongress poikovnik Jorj Vashingtonni oliy bosh qo`mondon qilib sayladi. Vashington jangovar qo`shin tashkil qiHshga kirishdi. 1776 yil mart oyida Vashington qo`shini Bostonni egalladi. Jon Adamsning aytishicha, urush davrida Amerika aholisining uchdan biri mustaqillik tarafdori. biri qarshi, uchinchisi betaraf bo`lgan Amerikada bu davrda qurol ko`tarishga qurbi etadigan 2 million 200 ming kishilik oq tanli aholi bo`lgan. Ammo Vashington qo`shinining soni 22 ming kishidan oshmagan. Bu vaqtda 50 mingdan ziyod amerikalik ingliz qo`shinlari tarkibida xizmat qilgan. Hammasi bo`lib Shimoliy Amerikaga Angliyadan 90 ming kishilik qo`shin yuborilib, ularning 30 minggi yollangan nemis qo`shinidan iborat bo` Igan. www.arxiv.uz
6
Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik deklarasiyasi". 1775-1776 yillarda ayrim muslamlakalar o`zlarini ozod va mustaqil davlat deb e`lon qildilar. Kontinental kongressdagi mustamlakalar deputatlarining ko`pchiligi inqilobga moyil bo`lgan yangi deputatlar bilan almashtirildi. 1776 yilgi ikkinchi kontinental kongressda shtatlar mustaqil davlat sifatida e`tirof etildi. 1776 yil yanvarida Tomas Peynning "Sog`lom fikr" nomli pamfleti 100 ming nusxada nashr etildi. Unda muallif mustamlakalarni Angtiyadan ajralib chiqishini asosli ekanligini isbotlashga urindi. Mustaqillik deklarasiyasini ishlab chiqish uchun komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga Tomas Jefferson, Jon Adams, Bendjamin Franklin, Robert Livingston kirdilar. Asosan Jefferson tomonidan tuzilgan tarixchilar tomonidan “Mustaqillik dekloratsiyasi” deb atalgan, to`liq nomi esa : " 13 ta Amerika Qo`shma Shtatlarining yagona deklaratsiyasi"da shunday jumlalar mavjud edi:" Barcha odamlar o`zaro teng qilib yaratilgan va ularning barchasi teng huquqlarga ega bo`lishi kerak. Bunday huquqlar jumlasiga yashash, ozodlik va baxtga inlilish kiradi. Davlatni boshqarish, uni o`zgartirish yoki yo`q qilish bu xalqning huquqidir". Tarixda birinchi marta rasmiy hujjatda xalq suvereniteti g`oyasi shakllandi va 1776 yil 4 iyulda qabul qilingan deklaratsiya mustaqil Amerika Qo`shma Shtatlarini tashkil topganligini e`lon qildi. www.arxiv.uz
7
Deklaratsiyada AQSH ning Angliyadan ajralib chiqishining sabablari ham ko`rsatildi. "Mustaqillik deklaratsiyasi" ikkinchi kontinental kongressi tomonidan e`lon qilingach, butun tun gulxanlar yoqilib, qo`ng`iroqlar jarangladi. Xalq deklarasiyani juda jo`shqnlik bilan kutib oldi. "Mustaqillik deklaratsiyasi" XVIII asr oxirlaridagi fransuz burjua inqilobining "Inson va fuqarolar huquqlari deklaratsiyasi" uchun namuna vazifasini o`tadi. XVIII asr deklaratsiyasida inson huquqlarining abadiyligi e`lon qilindi. Abadiy huquqlar dcganda burjua huquqlari nazarda tutildi. O`z davri uchun bu ilg`or va o`ta muhim hujjal edi. Deklaratsiya mustamlakachi ekspluatorlarga, feodal munosabalarning qoldi`lariga qarshi kurash e`lon qildi. www.arxiv.uz
8
Jefferson tayyorlagan deklaratsiyaning dastlabki matnida qulchilikni tanqid qiluvchi punkt mavjud edi, ammo janubdagi quldorlik mustamlakalarining deputatlari deklaratsiyadagi ushbu punkt qoladigan bo`lsa, Angliyaga qarshi urushmaymiz, deb do`q1 urdilar. Shunday qilib, AQSh da qulchilikning bekor qilinishi orqaga suriladi. Ushbu harakatlarning borishi va yakunlari shu bo`ldiki AQSH Agnliyaga qashi Fransiya (1778), Tspaniya (1779) va Gollandiya bilan (1782) harbiy ittifoq tuzdi. Rossiyaning tashabbusi bilan (1780y. Deklaratsiyasi) Yevropadagi qator mamlakatlar (Shvetsiya, Germaniya v.b.) Angliyaga qarshi kurashni bertaraflik yo`lini tutdilar. 1782 yilga kelib kontinental kuchiar to` la galabaga erishdi. Inglizlar Amerikada mag` lub etildi. 1783 yilda Versalda Angliya va AQSH o`rtasida sulh bitimi imzolandi. Angliya AQSH mustaqilligini e`tirof etdi. 1775-1783 yillardagi mustaqillik ushun urush ana shunday yakun topdi. Shunday qilib, Angliyaning Amcrikadagi 13 ta mustamlakasi mustaqil yagona respublikaga birlashdi. AQSH tashkil topdi. Ko`p yillar mobaynida har bir shtat boshqa shtatga nisbatan o`zini mustaqil deb hisoblab keldi. Keyinchalik fuqarolar o`rtasida yagona milliy mushtaraklik vujudga keldi va ular o`zlarining kelib chiqishlari, irqlari, millatlaridan qat`iy nazar- "amerikaliklar" nomi ostida birlashdilar. Bu federatsiya asosida birlashgan yangi davlat bo`lib, o`sha paytda jahonda kichik Shveytsariya Respublikasi mavjud edi. xolos. www.arxiv.uz
9
Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari. XIX asrning birinchi yarmida AQSHda kapitalizm jadal rivojlandi. Mamlakatning sbimoli- sharqiy qismida fabrika sanoati va kapitalistik fermerchilik xo`jaligi taraqqiy etdi. AQSHning g`arbida esa mayda fermerchilik, mustaqil mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishi hukmronlik qildi. Umuman olganda mamalakatning Shimoli va G`arbida kapitalistik munosabatlar tez o`sdi. Janubda esa AQSH iqtisodining boshqa bir ko`rinishi plantatsiya quldorchilik xo`jaligi rivollanib bordi. Shimol va Janubda iqtisodiy taraqqiyotning yo`llaridagi turli xillik mamlakat taraqqiyotiga juda katta ta`sir o`tkazdi. www.arxiv.uz
10
AQSHning G`arbidagi yangi yerlarni o`zlashtirilishi Yevropadan ko`p miqdorda ko`chkinchilar (emigrantlar) ommasining kelib o`rnashishiga qulay sharoit yaratdi. Emigrant aholi orasida yuz minglab malakali hunarmand`lar va ishcbilar mavjud edi. Emmigratsiya shusiz ham tez o`sayotgan mamlakat aholosi sonini keskin oshirib yubordi. 1800-1820 yillarda mamlakat aholisi 5,3 mln. kishidan, 9,6 mln. kishiga ko`paydi. 1850 yilda esa aholi soni 23,2 mln. kishiga etdi. 1820-1850 yillar mobaynida AQSHga keigan" ko`chkinchi aholining soni 2.455 ming kishiga yetdi. Ammo shunga qaramasdan, AQSHda ishchi kuchlariga bo`lgan ehtiyoj F.vropaga qaraganda ancha ortiq edi. Bu hoi ma`lum bir miqdorda AQSHning shimoliy hududlarida mashinalardan foydalanishga ertaroq o`tilishiga ham sabab bo`ldi. Vaholanki, bu vaqtda mamlakat janubida qullar mehnatidan keng foydalanilar edi. Shunday qilib, AQSHda kapitalistik munosabatlarning rivoji nihoyatda bir murakkab jarayon bo`lib, unda turli ishlab chiqarish usul va shakllari, ekspansiya, immigralsiya kabi omillar bilan qorishib ko`gan. AQSH tarixining XIX asrning birinchi yarmi uchun xos bo`lgan cng jirkanch xususiyatlaridan biri, bu mahalliy aholi hindularni qirg`in qilinishi va Afrikadan tutib keltirilib, qulga aylantirilgan negrlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi edi. AQSH ahoiisining keltirilgan har ikkala toifasi ham barcha fuqarolik huquqlaridan manrum qilingan edi. G`arbdagi unumdor yerlarda yashayotgan hindu qabilalari bilan ko`pincha amerikalik mustamlakachilar hindularning mazkur yerlarga cgalik huquqini tan olgan shartnomalarni imzolaganlar, ammo kcyinchalik bu shartnomalar buzilib, ularning yerlari tortib olingan, o`zlari esa qirilgan yoki G`arbga tomon siqib qo`yilgan. Mustamlakachilar hindularning harbiy kuchlarini zaiflashtirish maqsadida qabilalar orasida nifoq chiqarish usullaridan, ya`ni, birini ikkinchisiga qarshi qo`yish kabi hollardan ham foydalanganlar. www.arxiv.uz
11
Adabiyotlar: Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T., "O`zbekiston", 1998. Karimov I.A.. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. "Sharq", 1998. Karimov I A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T., “Ma`naviyat”, 2008. Karimov I A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, uni O`zbekiston sharoitida bartaraf etish yo`llari va choralari. T., “O`zbekiston” 2009. Lavrovskiy V.N. Sbornik dokumentov po istorii angliyskoy burjuaznoy revolyutsii XVHv. M.,1973. Lavrovskiy V.N. Promishlenniy perevorot v Anglii. Istoriya v istochnikax. M.,L.,1925. Dokumenti istorii Velikoy frantsuzkoy revolyutsii. Sost. A.V.Ado 3 dr.M.,1990. Xrestomatiya po novoy istorii. 1789-1870. pod red. A.V.Efimova, V.A.Orlova. M., 1941.. Xrestomatiya po novoy istorii: V 3 t. Pod red. A.A.Gubcra i A.V.Efimova. www.arxiv.uz
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com. Inc.
All rights reserved.