Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

ММ 01 guruh talabasi Nurmexamedov Y. .

Similar presentations


Presentation on theme: "ММ 01 guruh talabasi Nurmexamedov Y. ."— Presentation transcript:

1 ММ 01 guruh talabasi Nurmexamedov Y. .
“BRICga a’zo davlatlarning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning xalqaro moliyaga ta’siri” ММ 01 guruh talabasi Nurmexamedov Y. .

2 I BOB. BRICning ahamiyati, asosiy maqsad va vazifalari
MUNDARIJA KIRISH I BOB. BRICning ahamiyati, asosiy maqsad va vazifalari 1.1 Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida BRICning tashkil topishi va uning ahamiyati 1.2 BRICSning maqsad va vazifalari II BOB. BRICga a’zo davlatlarning moliyaviy ko’rsatkichlari va moliyaviy-iqtisodiy salohiyati 2.1 BRICga a’zo davlatlarning moliyaviy ko’rsatkichlari tahlili 2.2 BRICga a’zo davlatlarni rivojlantirish banki faoliyati tahlili 2.3 BRICga a’zo davlatlarning ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, siyosiy hamkorligining xalqaro moliyada tutgan o’rni III BOB. BRICga a’zo davlatlarning xalqaro moliyaga ta’siri 3.1 BRICgaa’zodavlatlarning kelgusi davr istiqbollari hamda ularning moliyaviy faoliyatidagi salbiy va ijobiy tomonlar 3.2 BRICgaa’zodavlatlar iqtisodiy hamkorligining xalqaro moliyadagi roli XULOSA

3 Mavzuning dolzarbligi
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalar sharoitida xalqaro tashkilotlarning o’rni muhim ahamiyatga ega. Jahon moliyasida xalqaro tashkilotlarning tutgan o’rnini, xalqaro moliyaga ta’sirini o’rganishda “BRICga a’zo davlatlarning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning xalqaro moliyaga ta’siri” mavzusi juda ahamiyatlidir. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifasi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoyning hozirgi davrdagi munosabatlari, BRICS ning rivojlanish istiqbollarini o’rganishdir.Hozirgi davrda Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasining moliyaviy tuizlishini, holatini, o’zaro bir-birlari bilan hamkorliklarini, rivojlanishdagi istiqbollarini ko’rib chiqish ishning maqsadi bo’lib hisoblanadi.

4 Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
BRICS ning tashkil topishi tarixi va maqsadini o’rganib, tahlil qilish, BRICS a’zolarining iqtisodiy hamkorliklarini ko’rib chiqish, BRICS davlatlari o’rtasidagi joriy investitsiyalar va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning yo’nalishlarini tahlil etish, BRICS ning xalqaro moliyaviy valyuta tizimidagi rolini o’rganish, BRICS a’zolaridagi birja va moliya bozorlari ishlash tamoyillari, BRICS davlatlarining geopolitik hamkorlik asoslarini o’rganib chiqish.

5 Iqtisodchi olimlarning fikchicha BRICS bu faqatgina davlatlarining bosh harflarinig qisqartmasigina emas, balki inglis tilidagi bricks – “g’isht” so’ziga o’xshashdir, shundan kelib chiqib bu davlatlar tashkiloti kelajakda jahon iqtisodiyoti rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. 2013-yil ko’rsatkichlariga BRICS ga a’zo besh davlatda aholi soni 3milliardga yaqin, YaIM ning umuiy miqdori 16,039 trln dollar, valyuta rezervi miqdori esa 4trln dollarni tashkil etadi.

6 BRIC ning tashkil topishi BRIC ga a’zo to’rt davlar (Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy) ning tashqi ishlar vaziri 2006-yil Nyu-Yorkda birinchi yig’ilishi bo’ldi. 16-may 2009-yilda to’liq diplomatik uchrashuv Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o’tkazildi. BRIC davlatlarining birlashishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan 2006-yil Nyu-Yorkdagi BMT ning assambleyasidan boshlangan. Ikkinchi uchrashuv esa 2007-yil 24-sentabrda Nyu- Yorkda BMTning assambleyasida tashqi ishlar vazirlarining yig’ilishida bo’ldi yil 9-iyulda esa Yaponiyada “Katta sakkizlik” yig’ilishida to’rt davlat kelgusidagi BRIC ning sammittini kelishib olishdi.

7 Jahon moliyaviy inqirozigacha bu davlatlarning YaIM 5% dan 13%gacha oshdi. Bundan tashqari, BRIC davlatlari rivojlanish uchun zarur bo’lgan resurslarga egaligi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Rossiyada bu mineral hom ashyolar va энергоносители, Braziliyada qishloq xo’jaligi va foydali qazilmalar zahiralari, Janubiy Afrika Respublikasi tabbiiy boyliklari, Xitoy va Hindistonda esa arzon ishchi kuchi va uning kasbiy rivojlanishidir. BRIC ning rivojlanishi yo’lida kelayotgan qiyinchilik va muammolarga qaramasdan, umuman olgan omadli va ijobiy hamkorlik ekanini ko’rsatmoqda. 2011-yilda BRIC tarkibiga beshinchi davlat Janubiy Afrika Respublikasining kirishi bilan, uning nomi BRICS ga aylandi. BRIC ga a’zolikka ko’pgina rivojlanayotgan davlatlar takliflar bo’ldi. A’zolikka talabgor bo’lganlar Indoneziya, Meksika, Pokiston, Turkiyadir.

8 Rossiyada milliy daromadda milliy tarmoqlarning ulushi

9 Janubiy Afrika Respublikasida milliy daromad tarmoqlar tarkibida

10 Braziliya — qishloq xo’jaligi mahsulotlariga boy;
BRICS ga a’zo tez rivojlanayotgan yirik davlatlar sifatida xarakterlanadi. Ularning mavqei ustunligining sababi jahon iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan resurslar bu davlatlar juda ko’p miqdordaligidir: Braziliya — qishloq xo’jaligi mahsulotlariga boy; Rossiya — qimmatbaho mineral resurslar; Hindiston  — arzon intellektual resurslar; Xitoy — yirik ishlab chiqarish bazasi; Janubiy Afrika Respublikasi  — tabiiy boyliklar. Ushbu davlatlarning iqtisodiyoti bu resurslarga tayanadi.

11 Boshqa davlatlar bilan savdo reytingida Xitoyni hisobga olmaganda, o’rtacha 26: Rossiya uchun Hindiston import qiluvchi davlatlar qatorida 24-o’rinda va eksport qiluvchi davlatlarda 26-o’rinda, Braziliya – mos ravishda 32- va 18-o’rinlarda, Janubiy Afrika Respublikasi esa – 88- va 51-o’rinlarda. Yaponiyadan import qilingan tovarlar (2012-yilda 174,96 mlrd AQSh dollar) BRICS davlatlarining barchasidan 30 foizga ko’proq, Xitoyning AQShga eksport hajmi BRICS davlatlarinikidan 3 martaga ko’proq (397,87 mlrd va 141,19 mlrd). Umuman BRICS davlatlari “Katta yettilik” davlatlari bilan 3 barovarga ko’proq faol savdo qiladi (2012-yilda tovar aylanmasi 1817,64 mlrd dollar), BRICS davlatlari bilan qilingan savdodan ko’ra (o’zaro tovar aylanmasi 595,81 mlrd dollar).

12 Yer shari maydonining 26 foizi, sayyoramiz aholisining 42 foizi va Jahon YaIM ning 14,6 foizi BRICS davlatlariga to’g’ri keladi. Umum jahon ko’rsatkichlarida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy 40 foiz bug’doy (260 mln tonnadan ortiq), cho’chqa go’shti 50 foiz (50 mln tonnadan ortiq), parranda go’shti 30foizdan ko’p (30 mln tonnadan ortiq), mol go’shti 30 foiz (20mln tonnaga yaqin) ni tashkil etadi.

13 “ The Atlas of Economic Complexity Mapping Paths to Prosperity” ma’lumotlariga asosan, 2012 yilda BRICS davlatlari o’rtasidagi savdo hajimi, umimiy savdo hajmidan 10% ko’proq bo’lgan, shu jumladan Rossiya – 11,68% (8,54% eksport qilingan Rossiya tovarlari BRICS davlatlari sotilgan va 16,81% import qilingan tovarlar BRICS davlatlaridan sotib olingan),shu jumladan Xitoy bilan savdo-sotiq hajmi 9,76 % tashkil qilgan, boshqa BRICS davlatlari bilan 1,92 foiz, Xitoy – 7,44% (6,91% eksport hajmi va 8,21% import hajmi),Hindiston – 14,43% (eksport hajmi 11,81 foiz va import hajmi 16,14foiz) ,shu jumladan Xitoy bilan – 9,83 foiz, boshqa BRICS davlatlari bilan – 4,6foiz, Braziliya – 19,77 foiz (eksport hajmi 20,6 foiz va import hajmi 18,82 foiz), shu jumladan Xitoy bilan 15,99 foiz boshqa BRICS davlatlari bilan 3,78 foiz, va Janubiy Afrika Respublikasi 20,12 foiz (eksport hamji20,91foiz va import hajmi 19,21foiz ), shu jumladan Xitoy bilan 12,58 foiz va boshqa BRICS a’zolari bilan 7,54 foizni tashkil qilgan.

14 BRICS rivojlanish banki (ing
BRICS rivojlanish banki (ing. BRICS Development Bank), hozirgi paytda BRICS yangi rivojlanish banki (ing. New Development Bank BRICS (NDB BRICS)) — BRICSga a’zo davlarlar(Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) tomonidan tashkil etilgan va ular bilan boshqariladiganxalqaro moliyaviy tashkilotdir yillarga bankning ish boshlashi rejalashtirilyapti. BRICS rivojlanish bankini tashkil etish deklaratsiyasi 2014-yil iyulda Fortalez shahrida o’tkazilgan sammitda ishtirokchilar tomonidan imzolangan. Bank BRICS davlatlari a’zolarining hududidagi infrastruktura loyihalariga asosan ish olib boradi. BRICS ribojlanish bankining birinchi bosqichida kapital miqdori 100 milliard dollarni tashkil etadi. Biroq, mamlakatlar orasidagi kelishuvga asosan, BRICS a’zolarining kapitaldagi ulushi 55 foizdan kamayishi mumkin emas. Shtab kvartirasini Shanxay shahrida va birinchi prezidentini Hindiston vakili bo’lishi rejalashtirilmoqda. Bu tashkilot Xalqaro valyuta fondi va shunga o'xshash fondlarga raqobatchi bo’lishi mumkinligi ko’zda tutilmoqda.

15 BRICS davlatlarining xalqaro qimmatli qog’ozlar bozoridagi qatnashishiga ko’ra ko’rsatkichlarni ko’rishingiz mumkin. Masalan, BRICS davlatlari rezidentlari tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar 2012-yil sentabr oyiga 332,6 milliard dollarni, yoki jahon ko’rsatkichining 1,5 foizini tashkil etgan. Shundan, asosiy qimmatli qog’ozlar hajmi Braziliya (148 milliard dollar) va Rossiya (95,3 milliard dollar)ga to’g’ri kelmoqda, shuni qiziqki, Xitoyda va Hindistonda ham valyuta tashkilotlari ko’pligidir. Shundayqilib, jahonmoliyaviyvalutatiziminirivojlantirishdagitakliflarberishda, BRICS davlatlarining quyidagi xususiyatlarini inobatga olish lozim: jahon iqtisodiyotida ularning ulushi sezilarli darajada o’sdi, shu bilan bir qatorda jahon moliya valyuta tizimidagi o’rni bilan jahon iqtisodiyotidagi o’rnining mos kelmasligi. Shubilanbirqatorda, Rossiya, Braziliya va JARningmoliyaviyvalyutatizimlari Xitoy bilan Hindistonnikidan farq qiladi.

16 BRICS tarkibiga kiruvchi Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi kuzatib, valyutalari haqida moliyaviy tahlilchi Sergey Suverov shunday deydi: Rossiya rubli uchun sinov davri boshlanadi. Bu Markaziy bank tomonidan foiz stavkalrining kamayishi hisobiga bo’lishi mumkin. Rubl qiymatini ushlab turishda neftning narxi yordam beradi. BRICS davlatlari ichida rublning qiymatis ezilarli tushmagani bilan ajralib turadi (Xitoydan tashqari, chunli u yerda kurs qat’iy nazorat qilinadi). Braziliya realining tushishiga – asosiy sabablardan biri an’anaviy eksport qilinadigan tovarlar hajmining (birinchi navbatda temir rudalari) kamayganligidadir. Mamlakatda yuqori inflyatsiya darajasi kuzatilib, valyutani sotib olish qobiliyatini kamaytirdi, buning natijasida iqtisodiy o’sish sur’atlari pasaydi. Valyuta intervensiyalari orqali real kursini oshish mumkin. Bundan tashqari, Braziliyaning asosiy savdodagi sherigi Xitoy bo’lib, uning holati yaxshi bo’lganligi sababli, real hech bo’lmaganda stabil holatda qolishi mumkin. Hindiston rupiyasi dollarga nisbatan 20,21 foizga qadri tushib ketdi. Bu BRICS a’zolari uchun antirekord holatdir. Rupiyaning qadri tushishi natijasida Hindistonning eng boy odami, milliarder Mukesh Ambani o’z mablag’ining to’rtdan bir qismdan ayrilib, ya’ni 6 milliard dollar zarar ko’rdi. Inflayatsiya darajasi mamlakatda 10 foizni tashkil etadi, bu esa milliy valyutani yanada qadrini tushishiga olib kelomoqda. Valyutaning bunday tushishi sababli aholi o’z boyligini oltin va boshqa qiymatliklarga aylantirmoqdalar. Iqtisodiy o’sish ham sustlashdi. Agar Hindiston hukumati iqtisodiyotni sog’lomlashtirish choralarini ko’rmasa, rupiya qadri tushishda davom etadi. Janubiy Afrika Respublikasi rendi qadri dollarga nisbatan 12,09 foizga tushib ketdi. Buning sababi oltin narxining tushishidadir, chunki Janubiy Afrika Respublikasi oltin eksporti bo’yicha yuqori o’rinda turadi, mamlakat iqtisodiyotiga jahon bozorida oltin narxining o’zgarishi sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ammo rendning tiklanish imkoniyatlari mavjud. Xitoy yuani BRICS davlati ichida yagona qiymatini saqlagan valyutadir. Mamlakat Markaziy banki kurs nazoratini ushlab turadi. Xitoyda oltin valyuta zahirasi ko’proq. Ta’lim va infrastrukturaga investitsiyalar iqtisodiyotga yordam bermoqda. Avvalombor, bari eksportga bog’liq.

17 Investitsiyalar BRICS davlatlari orasida past darajada, nolga yaqin desak ham bo’ladi. Xitoyning Rossiya to’g’ridan to’g’ri investitsiyasi 1,4 foizni va Rossiyaning Xitoyga esa 0,8 foizni tashkil qiladi. Hindistondan Rossiyaga 0,7 foiz, Rossiyadan Hindistonga 0,5 foiz investitsiyalar kirganini ko’rsatmoqda. BRICS davlatlariga investitsiyalarni asosan rivojlangan davlatlar (AQSh, Yevropa Ittifoqi), hamda geografik yaqinroq joylashgan davlatlar kirgizmoqda. Biroq, BRICS davlatlarining texnologiya, mablag’ va bilimlarni birgalikda hamkorlikda ishlatilsa yanada ko’proq natija berishi mumkin yildan 2010-yilgacha jahon miqyosida to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar hajmining umumiy miqdori 8,5 trln dollarni tashkil etdi. Shundan, BRICS davlatlariga 14 foiz investitsiyalar kelib tushib, BRICS dan boshqa davlatlarfa 7 foiz investitsiyalar qilingan. Bundan ko’rinib turibdiki, beshta davlat ko’proq investitsiylarni qabul qilishda ko’proq ishtirok etmoqda.

18 E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download ppt "ММ 01 guruh talabasi Nurmexamedov Y. ."

Similar presentations


Ads by Google