Download presentation
Presentation is loading. Please wait.
1
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
guruh talabasi Toshtemirov Sobitxonning “ OT va L ” fanidan Mustaqil ishi
2
OSI modeli va uning tasnifi
3
Reja : 1. Tarmoq va tarmoq arxitekturasi 2. Muloqot etalon modeli (OSI) 3. Mahalliy hisoblash tarmoqning apparat ta’minoti Foydalanilgan adabiyotlar
4
Biz dastlab tarmoq nima uchun kerak degan savolga javob beramiz
Biz dastlab tarmoq nima uchun kerak degan savolga javob beramiz. Birinchidan,tarmoqdagi kompyuterlar asosiy xotiralaridan umumiy foydalanish uchun, bunda xotira muammosidan qutulish mumkin. Ikkinchidan, tarmoqdagi abonentlar biror masala haqida umumiy ravishda bosh qotirishlari mumkin. Uchinchidan,tarmoqdagi kompyuterlar ulardagi axborotlarni o’zaro qiyinchiliklarsiz almashishlari mumkin. To’rtinchidan,kompyuterdagi yuklamani kamaytirish uchun boshqa kompyuterni operativ xotirasidan foydalanish mumkin. Beshinchidan, dasturlar (masalan, tarmoqli o’yinlar)dan o’zaro bog’langan holda foydalanish uchun.
5
Tarmoq arxitekturasi Kompyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko’p operatsiylarni amalga oshiriladi ya’ni kompyuterdan kompyuterga axborotlarni uzatilishi to’liq ta’minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima qanday amalga oshirilayotganining farqi yo’q albatta. Uning uchun faqat boshqa ilovaga ega bo’lish yoki tarmoqda joylashgan boshqa kompyuter resurslariga ega bo’lish mavjuddir. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko’p ishlov berish bosqichlaridan o’tib boradi. Avalambor u bloklarga ajratilib har biri alohida boshqarish axboroti bilan ta’minlanadi. Hosil bo’lgan bloklar paket sifatida jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi,shundan so’ng elektr signallari yoki yorug’lik signali yordamida tanlangan ega bo’lish usulida tarmoq orqali uzatiladi, ya’ni qabul qilingan paketni qaytatdan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar axborotlar ko’rinishida ulanadi va shundan so’nggina boshqa ilovaga foydalanish uchun tayyor bo’ladi.
6
Muloqot etalon modeli. Xalqaro standartlar tashkiloti ISO (International Standards Organization) tomonidan 1984yili OSI (Open System Interconnection)modeli taqdim qilingan. Shundan beri hamma tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modelini ham tez o’zgarishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli formalar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilmaydilar.Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro’y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqda bajariladigan vazifalar(funksiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo’lingan:
8
7.Amaliy bosqich (Application, прикладный уровень) yoki ilovalar bosqichi, u quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi : foydalanuvchining ilovasini shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari axborot bazasiga ega bo’lish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati kabilar. Bu bosqich qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi. 6.Prezitentatsiya bosqichi ( Presentation, презентативый уровень) axborotni tanishtirish bosqichi, bu bosqichda axborotni aniqlanadi va axborot formatini ko’rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o’zgartiradi, ya’ni tarjimon vazifasini bajaradi. Shu yerda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, lozim bo’lgan taqdirda ularni zichlashtiradi.
9
5.Aloqa o’tkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session,сеансовый уровень) aloqa o’tkazish vaqtini boshqaradi(ya’ni aloqani o’rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga ega bo’lish huquqini nazorat qilishvazifalari ham bajariladi. 4.Transport bosqichi (Transport) paketni xatosiz va yo’qotmasdan, kerakli ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi.Shu yerdayana uzatilayotgan uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotlarni qayta tiklanadi.
10
3.Tarmoq bosqichi (Network, сетевой уровень) bu bosich paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarqmoq manziliga o’zgartirish, teskariga ham va shuningdek paketni kerakli abonentga jo’natish yo’nalishini tanlashga(agarda tarmoqda bir nechta abonent bo’lsa) javobgar. 2.Kanal bosqichi yoki uzatish yo’lini boshqarish bosqichi(datalink) - bu bosqich standard ko’rishdagi paket tuzishga va boshlash hamda tamom bo’lishni boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir.Shu yerda yana tarmoqqa ega bo’lishni uzatishdagi xatoliklar aniqlanadi va yana qabul qilishqurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi.
11
1.Jismoniy bosqich (Physical, физический уровень) bu modelni eng quyi bosqichi bo’lib,uzatilayotganaxborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu yerda yana ulanish moslamalariga, razemlarga, elektr bo’yicha moslashtirish va yerga ulanish hamda to’siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi. Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot almashishni boshqarish usuli va paket formati(o’lchami),tarmoq turiga to’g’ri taaluqli ko’rsakichlar aniqlanadi (Ethernet, Token-Ring, FDDI ).
12
7 Layers All People Seem To Need Data Processing
7. Application Layer (HTTP,FTP) 6. Presentation Layer (ASCII,JPEG) 5. Session Layer (RPC,PAP) 4. Transport Layer (TCP,UPD) 3. Network Layer (IPv4,7Pv6) 2. Data Link Layer (PPD,JEEE) 1. Physical Layer (DSL,USB) All People Seem To Need Data Processing
13
Mahalliy hisoblash tarmoqning apparat ta’minoti
Mahallliy hisoblash tarmoq qurilmalari abonentlar o’rtasidagi realaloqani ta’minlab beradilar. Tarmoqni loyihalashtirish bosqichida qurilmalarni tanlash juda katta ahamiyatga ega,chunki qurilmalarni narxi umumiy tarmoq narxining katta qismini tashkil qiladi. Aloqa qurilmalarini o’zgartirish esa,nafaqat qo’shimcha mablag’ni talab qiladi, yana qiyin ish hajmini oshishga ham sabab bo’ladi. Mahalliy tarmoq qurilmalariga quyidagilar kiradi: axborot uzatish uchun kabellar; kabellarni ulash uchun razemlar; moslovchi terminatorlar; tarmoq adapterlari; repiterlar; transiverlar; konsentratorlar; ko’priklar ; yo’naltirgichlar (marshrutizatorlar); shlyuzlar.
16
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. M.M.Musayev, A.A.Qaxxorov, M.M.Karimov “ Kompyuter tarmoqlarini yig’ish ” 2. Internet ma’lumotlari Информатика info.cisco.ru
17
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Similar presentations
© 2025 SlidePlayer.com. Inc.
All rights reserved.