Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

Prof. Rizamuxamedova M.Z.

Similar presentations


Presentation on theme: "Prof. Rizamuxamedova M.Z."— Presentation transcript:

1 Prof. Rizamuxamedova M.Z.
Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, sharq tabobati va tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi. SURUNKALI ENTERIT. SURUNKALI KOLIT. Prof. Rizamuxamedova M.Z.

2

3 Osh qozon-ichak yo’li tuzilishi

4 Ingichka ichak tuzilishi

5 SURUNKALI ENTERIT Ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanishi va distrofik o’zgarishlari bilan kuzatiladigan, xamda atrofiya bilan yakunlanadigan kasallik.

6 TASNIFI I. Etiologiyasi bo’yicha: 1.Infeksiya:
a) ichak infeksiyasi – ichburuq, ichterlama,salmonellez b) umumiy infeksiya – sil, brutsellez, bezgak. c) o’choqli infeksiya – xoletsistit, tonzillit, otit. d) parazitlar – gijja, amebiaz, trixomonoz, lyamblioz.

7 2. Zaxarlanish: (intoksikatsiya)- ichakning fizikaviy va kimyoviy shikastlanishi
A) sanoat zaxarlari: kislota, ishqor, bug’lar, alkogol; B) dori moddalari: antibiotik, sul'fanilamidlar; 3. Alimentar illat (buzilgan ovqatlarni iste'mol qilish); 4. Me'da, jigar, o’t chiqarish yo’llari va me'da osti bezi kasalliklari-shira yetishmasligi; 5. Iqlim omili-issiq sharoit ta'siri.

8 II. Anatomik-morfologik xususiyatlari bo’yicha:
A) enterotsitlar distrofiyasi bilan ifodalanadigan yuzaki enterit; B) atrofiyasiz surunkali enterit; V) vorsinkalar atrofiyasi bilan kuzatiladigan surunkali enterit;

9 III. Funksional tavsifi bo’yicha:
A) membranada xazm qilinishning buzilishi (disaxaridaz yetishmasligi); B) so’rilishning buzilishi (elektrolitlar, temir, suv, vitaminlar, oqsillar, yog’lar, uglevodlar); V) motor faoliyatining buzilishi (giper- va gipo kinetik turlari).

10 IV. Klinik ko’rinishi bo’yicha:
A) enterit belgilarining og’irlik darajasi; B) kechishi (onda-sonda va tez-tez qaytalanuvchi); V) kasallik davrlari (zo’rayish, tinchlanish); G) asoratlari (solyarit, nospetsifik mezadenit);

11 PATOGENEZ Immunologik mexanizmlar
ETIOLOGIK OMILNING SHILLIQ QAVATGA TA'SIRI Immunologik mexanizmlar SO’RILISHNING KAMAYISHI SHILLIQ QAVAT HIMOYA MEXANIZMINING BUZILISHI DISBAKTERIOZ PERISTALTIKA KUCHAYISHI

12 Klinik ko’rinishi Ichak dispepsiyasi sindromi - kindik atrofi soxasida noxush xolat, qorin kengayishi, kuldirashi bilan namoyon bo’ladi Enterit koprologik sindromi - ich ketishining tezlashishi (1 sutkada martagacha), najasning ko’p mikdorda ajralishi (polifekaliya) - 1 sutkada 1,5-2 kg gacha (normada g) xastalikka xos belgidir. So’rilish yetishmasligi sindromi - bemorning tana vazni kamayishi (og’ir xolatlarda kaxeksiyagacha), umumiy quvvatsizlanish, loxaslik, ish qobiliyatining kamayishi bilan namoyon bo’ladi

13 Ko’rish. Bemorlar terisi rangi bo’zargan, ozib ketgani, qorni dimlangani aniqlanadi.
Palpatsiyada kindik atrofida kuchsiz og’rik seziladi Rentgen tekshirishlarida diskineziya belgilari bilan kuzatiladigan gipotoniya, ingichka ichakda gaz mavjudligi aniqlanadi.

14 Surunkali enteritda koprogramma
Fizik xususiyatlari: och jigar rangda, konsistensiyasi bo’tqasimon yoki qattiq (shakllangan najas). Kimyoviy xususiyatlari: rN 6,5-7 (bir oz nordon – neytral), bilirubinga reaksiya manfiy yoki musbat, sterkobilinga reaksiya – musbat, yallig’lanish oqsili va leykotsitlarga reaksiya – musbat. Mikroskopiya: katta miqdorda sovunlar va yog’ kislotalari

15 Qiyosiy tashxisi. Surunkali kolit Ichak sili. Surunkali pankreatit
Dizenteriya va lyamblioz. Surunkali kolit Ichak sili. Surunkali pankreatit

16 SURUNKALI ENTERITNI DAVOLASH
KO’ZISH DAVRIDA STATSIONAR DAVO PARXEZ STOL №4 – YOG’LI, UTKIR OVQATLAR, SAVZOVOTLAR VA KO’P XO’L MEVALAR MUMKIN EMAS SPAZMOLITIKLAR DIAREYAGA QARSHI DORILAR BAKTERIYALARGA QARSHI DORILAR

17 DISBAKTERIOZGA QARSHI BIOLOGIK PREPARATLAR
FERMENTATIV DORILAR VITAMINLAR OQSIL MODDALAR-PLAZMA, AL'BUMIN FIZIOTERAPIYA MUOLAJALARI Xalk tabobati.

18 SURUNKALI KOLIT Yo’g’on ichak shilliq qavatining distrofik yallig’lanishi bo’lib, unda ichakning shira ajratish, so’rilish va marom bilan xarakat qilish faoliyatlari buziladi.

19 TASNIFI (A.I. PARFYONOV, 1981)
Etiologiya: 1) infeksiya (dizenteriya, salmonellyoz). 2) alimentar omil (tartibsiz ovqatlanish) 3) fizikaviy va kimyoviy omillar a) qo’rg’oshin, fosfor, mo`shyak va simob birikmalari b) nazoratsiz antibiotik, surgi preparatlarni qo’llash 4) xazm a'zolari kasalliklari 5) neyrogen omillar

20 II. Anatomo-morfologik tavsifi:
A) yuzaki kolit B) atrofik kolit C) tiflit D) proktosigmoidit E) yalpi kolit

21 III. Funksional tavsifi:
A) motorika buzilishi (giper- va gipomotorli diskineziya) B) modda almashinuvining buzilishi (ionlarning va suvning gipersekretsiyasi, yo’g’on ichakda ionlar va suvning kuchaygan va susaygan absorbsiyasi) C) shilliq sekretsiyasining buzilishi (ko’paygan va kamaygan shilliq sekretsiyasi)

22 IV. Klinik tavsifi: A) Kasallik davrlari: zo’rayish va tinchlanish B) Asoratlari: -solyarit; -nospetsifik mezadenit; -koprostaz; -ichak tutilishi;

23 PATOGENEZ ETIOLOGIK OMILLARNING YO’G’ON ICHAK SILLIQ QAVATIGA BEVOSITA TA'SIRI PERISTALTIKA VA OVQAT MASSASINING YO’G’ON ICHAK BO’LIMLARIDAN O’TISHINING SEKINLASHISHI MIKROB VA PARAZITLARNING YO’G’ON ICHAK DEVORIGA TOKSIK VA TOKSIKO-ALLERGIK TA'SIRI

24 Klinik ko’rinishi Surunkali kolit aksariyat yoshi katta shaxslarda uchraydi. Zirkiragan og’rik - qorinning pastki va yon bo’limlarida joylashadi, ovqat iste'molidan keyin kuchayadi, najas va yel ajralgandan so’ng, isitkich qo’yganda kamayadi. Ich kelishining buzilishi: ich ketishi yoki qabziyat, ko’pincha ich ketishi bilan qotishi almashinib turadi.

25 Ichakning yetarli bo’lmagan bo’shanishi sezgisi
Qo’lansa xidli yel chiqishi va shilliqli yoki qon aralash najas, ich kelishiga soxta istak (tenezm). Patologik jarayon yo’g’on ichakning distal qismida joylashsa, najas ko’y kumalog’i shaklida ajraladi

26 Ko’rishda bemorlarning umumiy xolati kam o’zgaradi
Palpatsiyada yo’g’on ichak yo’li bo’ylab og’rik, kuldirash aniqlanadi. Rentgen tekshirishlarida yo’g’on ichakning spazmi va ba'zi bir bo’laklarining atonik bo’shashganligi, shilliq, burmalarining soni kamayganligi kuzatiladi.

27 Endoskopik tekshirishda (rektoramonskopiya, kolonskopiya) morfologik o’zgarishlar (eroziya, poliplar, yallig’langan joyda shilliq parda qizarishi va shishishi, shilimshiq yiring, qon xamda yaralanish mavjudligi belgilanadi. Laboratoriya tekshirishlarida qonda - giporproteinemiya, temir tanqisligi kamqonligi, gipovitaminoz.

28 Bijg’ituvchi disbakteriozda (kolit) koprogramma
Fizik xususiyatlari: konsistensiya bo’tqasimon, ko’pikli, shilimshiq aralash Kimyoviy xususiyatlari: rN 5-5,5 (reaksiya keskin nordon), yallig’lanish oqsili va leykotsitlarga musbat reaksiya, bilirubinga musbat yoki manfiy reaksiya, sterkobilinga musbat reaksiya na. Mikroskopiya: hazm bo’lgan kletchatka, hujayra ichidagi va hujayradan tashqari kraxmal, patologik yodofil flora.

29 Qiyosiy tashxisi. Bakterial ichburug’ning cho’ziluvchan va surunkali turi Yo’g’on ichak diskineziyasi Nospetsifik yarali kolit

30 SURUNKALI KOLITNI DAVOLASH
KO’ZISH DAVRIDA AMBULATOR VA STATSIONAR DAVOLASH PARXEZ STOL №4 SPAZMOLITIKLAR ANTIBAKTERIAL TERAPIYA OQSIL PREPARATLARI

31 VITAMINLAR FERMENTATIV DORILAR QABZIYATGA QARSHI DORILAR DAVOLASH KLIZMASI FIZIOTERAPEVTIK DAVO TINCHLANISH DAVRIDA SANATOR-KURORTLARDA DAVOLANISH Xalk tabobati


Download ppt "Prof. Rizamuxamedova M.Z."

Similar presentations


Ads by Google